Raqamlar bir joyga jamlanmagan, hamma qaror sizning boshingizda, o'sish esa to'xtab qolgan bo'lsa — biz korxonangizga kirib, muammoning ildizini topamiz va ishlaydigan tizim quramiz.
Ko'p korxona egasi shu muammolar tufayli o'sish o'rniga har kuni "yong'in o'chirish" bilan band.
Diagnostika orqali aniqlaymiz, tizim orqali mustahkamlaymiz, AI orqali avtomatlashtiramiz. Narx korxona ko'lamiga qarab, suhbatdan keyin yozma kelishiladi.
Korxonaga borib, hozirgi holatni chuqur tahlil qilamiz.
Ishlab chiqarish sizsiz ham aniq ishlaydigan holatga keladi.
Butun kompaniya yagona boshqaruv tizimiga o'tadi.
Biznesingizning qayerida AI aniq foyda berishini topamiz.
Takrorlanadigan ishlarni AI agentlarga topshiramiz.
Aniq bir yo'nalish bo'yicha chuqur ish.
60 daqiqalik suhbatda korxonangizni ko'rib chiqamiz va pul yo'qotayotgan 3 ta asosiy nuqtani yozma ko'rinishda beramiz.
Diagnostika (odatiy narxi 500$) bu oy 5 ta korxonaga bepul. To'liq 90 kunlik yo'l xaritasi va keyingi xizmat narxi korxonangiz ko'lami va ish hajmiga bog'liq — suhbatdan keyin aniq narx, muddat va natija yozma taklifda beriladi.
Asosan 20 va undan ko'p xodimli ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek savdo va xizmat ko'rsatish bizneslari bilan ishlaymiz.
60 daqiqalik suhbatda vaziyatingizni so'rab bilamiz, keyin korxonangiz pul yo'qotayotgan 3 ta asosiy nuqtani yozma ko'rinishda yuboramiz va keyingi qadamni aytamiz. Sotuvga majburlash yo'q.
Diagnostika va tizimlashtirish korxonaning o'zida, ish joyini ko'rib olib boriladi. Birinchi suhbat telefon yoki onlayn bo'ladi.